ABDULLA QODIRIY HAYOTI: MILLIY UYG'ONISH YO'LIDAGI FIDOYILIK
Description
Abdulla Qodiriy o‘zbek milliy adabiyoti va ma’naviy uyg‘onish harakatining asoschilaridan biri sifatida nafaqat yozuvchi, balki o‘z xalqining ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ziyoli sifatida ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Uning hayoti o‘zbek xalqining mustamlaka asoratidan chiqishga bo‘lgan intilishi, milliy o‘zlik va adabiy erkinlik yo‘lidagi kurash bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu maqolada Qodiriyning bolaligi, ta’lim olgan davri, ijodiy faoliyati, jadidchilik harakatidagi ishtiroki va qatag‘on qurboni sifatidagi og‘ir taqdiri keng yoritiladi.
Qodiriy hayoti millatning uyg‘onish davri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u jadidlar safida turib xalqni ilmlilik, taraqqiyot va milliy uyg‘onishga chorlagan. Uning asarlari milliy ruhni uyg‘otish, tarixiy xotirani tiklash va jamiyatni adolatga yetaklash g‘oyalariga asoslangan. “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari nafaqat badiiy yuksaklik, balki tarixiy saboqlari bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada yozuvchining ijodiy merosi, uning asarlarida milliy o‘zlik va ijtimoiy haqiqatning aks etishi, shuningdek, uning qatag‘on davridagi fojiali qismati tahlil qilinadi.
Qodiriy hayoti va ijodi yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutib, ularga milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va adolat yo‘lida kurashish kabi tamoyillarni singdiradi. Uning shaxsiy hayoti va ijodi fidoyilik, xalq manfaati yo‘lida o‘zini qurbon qilish namunasi bo‘lib, bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqola orqali Qodiriyning milliy uyg‘onish yo‘lidagi xizmatlari va uning zamonaviy yosh avlod uchun ahamiyati chuqur tahlil qilinadi.
Files
Xabibullayeva Munavvarxon Lochinbek qizi.pdf
Files
(611.5 kB)
Name | Size | Download all |
---|---|---|
md5:d7602b6d3a2f2008de683a98975b1383
|
611.5 kB | Preview Download |