INTERYER DIZAYN NEOLOGIZMLARINI O‘ZBEK TILIGA O‘ZLASHTIRISHDA TRANSLITERATSIYA VA KALKALASH MASALALARI
Keywords:
neologizm, interyer dizayn, transliteratsiya, kalkalash, transkripsiya, izohli tarjima, termin me’yoriAbstract
Maqolada interyer dizayn sohasida ingliz tili orqali kirib kelayotgan neologik terminlarni o‘zbek tiliga moslashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda transliteratsiya, transkripsiya, kalkalash, izohli tarjima va parallel qo‘llash usullari qiyoslanadi. Japandi, cloffice, smart lighting, open-plan interior, microcement, home staging, biophilic design, loft, high-tech, render, CAD va FF&E kabi birliklar asosida terminning shakli, ma’nosi va me’yoriy variantini tanlash mezonlari ko‘rsatildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, transliteratsiya yagona yechim bo‘la olmaydi; terminning sohaviy konsepti, xalqaro qo‘llanishi, o‘zbek tilining fonetik-grafik imkoniyatlari va mutaxassislar nutqidagi barqarorlik birgalikda hisobga olinishi lozim.
References
Cabré, M.T. Terminology: Theory, Methods and Applications. Amsterdam/Philadelphia: John Benjamins, 1999.
Reformatskiy, A.A. Vvedenie v yazykovedenie. Moskva, 1967.
Dadaboyev, H. O‘zbek terminologiyasi. Toshkent, 2019.
Hichman, M. The Fairchild Books Dictionary of Interior Design. 3rd edition. New York: Fairchild Books, 2014.
Oxford Learner’s Dictionary of Academic English. Oxford: Oxford University Press, 2014.
Rahmatullayev, Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati: turkiy so‘zlar. Toshkent, 2000.