O’ZBEK VA NEMIS SIYOSIY NUTQIDA METAFORALARNING SIYOSIY TAHLILI
Keywords:
siyosiy diskurs, siyosiy nutq, metafora, kognitiv lingvistika, nemis tili, o’zbek tili, siyosiy kommunikatsiya, diskurs tahlil, lingvomadaniyat, metaforik model.Abstract
Mazkur maqolada nemis va o‘zbek siyosiy nutqida qo‘llanadigan metaforalarning kognitiv, lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Metafora siyosiy voqelikni konseptuallashtirish, murakkab siyosiy jarayonlarni ommaga tushunarli tarzda yetkazish hamda muayyan siyosiy pozitsiya va munosabatlarni shakllantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda nemis va o‘zbek siyosiy diskursida uchraydigan “siyosat – kurash”, “siyosat – yo‘l”, “taraqqiyot – yo‘l”, “rivojlanish – bunyodkorlik” kabi konseptual metaforalar qiyosiy tahlil qilinadi. Tahlil natijasida umumiy metaforik modellar mavjud bo‘lsa-da, ularning kommunikativ vazifasi va lingvomadaniy talqinida muayyan farqlar mavjudligi aniqlanadi.
Published
2026-08-01
How to Cite
Ravshanova Sabina Akbar qizi, & Ziyadullayev Ilhom Oblakulovich. (2026). O’ZBEK VA NEMIS SIYOSIY NUTQIDA METAFORALARNING SIYOSIY TAHLILI. IMRAS, 9(6), 263–267. Retrieved from https://journal.imras.org/index.php/sps/article/view/2976
Issue
Section
Articles