TA’LIM MUASSASALARIDA DAROMAD MANBALARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH: MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
Keywords:
ta’lim muassasasi, daromad manbalari, diversifikatsiya, moliyaviy barqarorlik, ta’lim xizmatlari, grant, davlat-xususiy sheriklik, raqamli ta’lim, tijoratlashtirish, moliyaviy boshqaruv, investitsiya, budjetdan tashqari mablag‘lar.Abstract
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda daromad manbalarini diversifikatsiya qilishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish hamda mehnat bozori talablariga moslashish ta’lim muassasalaridan moliyaviy boshqaruvning yangi mexanizmlarini joriy etishni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, daromadlarning faqat bitta yoki cheklangan manbaga bog‘lanib qolishi moliyaviy barqarorlik uchun muayyan xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.
Tadqiqotda ta’lim muassasalarining daromad manbalari tizimlashtirilib, ularni davlat budjeti, ta’lim xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, grantlar, davlat-xususiy sheriklik, raqamli ta’lim xizmatlari, konsalting, malaka oshirish va qayta tayyorlash, infratuzilmadan foydalanish, homiylik hamda boshqa qonuniy faoliyat turlariga ajratish asoslandi. Daromadlarni diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlari sifatida moliyaviy barqarorlik, daromadning takroriyligi, risk darajasi, ta’lim sifatiga ta’siri va institutsional salohiyat ko‘rsatkichlari taklif etildi. Natijada ta’lim muassasalarida daromad manbalarini boshqarishning ko‘p pog‘onali modeli ishlab chiqilib, uni strategik rejalashtirish, manbalarni shakllantirish, iqtisodiy baholash, risklarni boshqarish va qayta investitsiyalash bosqichlari asosida tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi **“Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi PQ-61-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi. Davlat oliy ta’lim muassasalarining daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar. 2024–2026-yillar.
Qurbanov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. – Toshkent: Turon-Iqbol, 2006.
Abidova U.M. Ta’lim menejmenti. – Toshkent: TDYI, 2009.
Usarov J.E., Himmataliyev D.O., Muxamedova D.M., Mahmudova D.M., Rasulov A.N., Sultanova D.A. Pedagogik menejment. – Toshkent: Yangi Chirchiq Prints, 2023.
Talapova N.B. Raqamli ta’lim xizmatlarini rivojlantirish orqali oliy ta’lim muassasalari daromadlarini oshirish imkoniyatlari. – Innovations in Science and Technologies, 2026.
Ruzmetova G.A. Ta’lim moliyasini diversifikatsiya qilish orqali inson kapitali samaradorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash. – Marketing Jurnali, 2026.
Saidov A.A. Kasbiy ta’lim tashkilotlarida diversifikatsiya strategiyalari: jahon tajribasi asosida. – Akademicheskie issledovaniya v sovremennoy nauke, 2025.
Oliy ta’lim muassasalari daromadlarini diversifikatsiya qilish yo‘nalishlarini hisobga olgan holda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari. – Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2024.
Temirova Sh.Y. Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirish. – Modern Education and De